Yaqinda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman “Fayziobod” mahallasidagi tepalikda 600-300 yillar oldin yashab o`tgan odamlarning qabri topilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ma`lumotlarga ko`ra, bu qabrdan qadimiy sopol buyumlar va boshqa tarixiy ashyolar topilgan. Shunga ko`ra, topilmaning arxeologiya hamda arxitektura yodgorliklari safida Jizzax viloati Madaniy meros ob`ektlari ro`yxatiga kiritish uchun zarur chora-tadbirlar ko`riladi. Arxeologlar xulosasi asosida kovlash ishlarini kelishib olindi. Fanlar Akademiyasdi olimlari bilan birgalikda shu haftada qabrni qazish ishlarini boshlaymiz. Kelajakda bu manbani madaniy meros ob`ektlari hisobida ro`yxatga olish va muhofaza qilish ishlari belgilanadi. Shu tariqa fayziobodlik fuqaroning hovlisidan topilgan, bundan 600-300 yillar avvalgi deb taxmin qilinayotgan xilxona joylashgan tepalikda sinchkovlik bilan qazuv –tadqiqot ishlari natijalari tog`risidagi navbatdagi maqolalarimizda axborot berib boramiz.